
Balotelli xitoyliklarning super taklifini nima uchun rad etganini aytdi
Yangi mavsumni ham "Nitstsa"da o‘tkazishga qaror qilgan hujumchi Mario Balotelli o‘ziga Xitoy klublaridan super takliflar bo‘lganini, biroq, u bunga rad javobi bergani haqida aytib o‘tdi.
“Men xitoyliklardan ajoyib taklif oldim, lekin uni rad etdim. Hozir shunchaki futbol o‘ynamoqchiman. Yaqin 2 yil faoliyatimda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Men Italiya terma jamoas safida Evropa chempionatida o‘ynamoqchiman. Agar Xitoyga ketsam, bu niyatim amalga oshmay qolishi mumkin. Men futbol o‘ynashni yaxshi ko‘raman, pullar esa keyin kelaveradi”, - deydi italiyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, Balotelli “Nitstsa” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 66ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 43ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar