Balotellida vazn bilan bog‘liq jiddiy muammo paydo bo‘ldi

  • 14 sentabr, 2018, 00:49
  • 0
  • Futbol

Bu uning vazni bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. "Nitstsa" bosh murabbiyi Patrik Vieyra italiyalik hujumchini Frantsiya chempionati 5-turi doirasida "Renn"ga qarshi kechadigan o‘yin qaydnomasiga kiritmadi.

L'Equipe xabariga ko‘ra, 189 santimetr bo‘yga ega bo‘lgan Balotellining vazni 100 kg dan oshib ketgan. Bu belgilangan normadan 12 kg ga ko‘p demakdir. U yozda "Nitstsa"ning yig‘inlarida ishtirok etmadi hisob. Mario transfer oynasi vaqtida "Marsel"ga o‘tishga ahd qilgan edi, ammo kelishuv amalga oshgani yo‘q.

28 yoshli futbolchi yangi mavsumda bitta o‘yinda maydonga tushdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!