“Barselona” 25 yilda ilk bor “Atletik”ni mavsumning ikki o‘yinida mag‘lub eta olmadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya chempionati 23-turida “Barselona” safarda “Atletik” mehmoni bo‘ldi. Mazkur o‘yinda tomonlar 0:0 hisobidagi durangga imzo chekishdi.

Mavsumning birinchi davrasida ham basklar “Barselona”dan ochko olgandi. “Kamp Nou”da kechgan bellashuvda 1:1 hisobi qayd etilgandi.

E’tiborli jihati, kataloniyaliklar 1993/94 yilgi mavsumdan buyon ilk bor bir mavsumda “Atletik”ni mag‘lubiyatga uchrata olmadi. O‘shanda “Atletik” Kataloniyada 3:2 hisobida zafar quchgan, o‘z maydonida esa 0:0 hisobida durang o‘ynagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!