
"Barselona" Goretskani tarkibga qo‘shib olmoqchi
“Barselona” klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde yarim himoyachilar “Shalke 04” yarim himoyachisi Leon Goretskani jamoa tarkibiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda, deya xabar beradi Sport Bild nashri.
Katalon klubi kelasi mavsum yarim himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Avvalroq Goretskaning xizmatlariga Myunxenning “Bavariya” klubi ham qiziqayotganligi ma’lum qilingan. Bundan tashqari “Manchester Yunayted”, “Manchester Siti”, “Chelsi” va “Liverpul” klublari ham uni o‘z tarkibiga qo‘shib olishni xohlamoqda.
Biroq Gelzenkirxenlar klub etakchisini qo‘yib yubormoqchi emas va unga yangi shartnoma hamda klub tarixida rekord maosh (10 mln) bermoqchi. Goretskaning klub bilan amaldagi shartnoma 2018 yilgacha mo‘ljallangan.
Fikrlar