"Barselona" "Tottenxem" xavbekiga qiziqib qoldi

  • 22 oktabr, 2018, 19:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Tottenxem" klubi yarim himoyachisi Erik Dayer "Barselona"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda TeamTalk nashri xabar bermoqda.

Tecno

Berilgan ma’lumotlarga qaraganda kataloniyaliklar 24 yoshli angliyalik futbolchini yozgi transferlar davrida sotib olishni rejalashtirishmoqda. Ushbu transfer esa ularga kamida 40 mln evroga tushishi aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Dayer “shporlar” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 191ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 9ta gol hamda 9ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning “Tottenxem” bilan amaldagi shartnomasi esa 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!