
"Barselona" futbolchisi mavsumni "Tottenxem"da yakunlashi mumkin
Londonning "Tottenxem" klubi o‘z safini "Barselona" yarim himoyachisi Rafinya Alkantara bilan to‘ldirishi mumkin. Bu haqda Daily Express nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra kataloniyaliklar safida etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayotgan 25 yoshli braziliyalik futbolchini aynan “shporlar” tarkibga jalb etishga urunib ko‘rishmoqchi. Ushbu kelishuv yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davridayoq amalga oshirilishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Rafinya joriy mavsum “Barselona” safida jami 7ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 1ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar