
"Barselona" futbolchisi sog‘ayib safga qaytdi
Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Denis Suares tizzasidan olgan jarohatidan tuzalib, safga qaytdi. Bu haqda klub rasmiy tvitteri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra 24 yoshli futbolchi jamoaning umumiy guruhida shug‘ullanishni boshlagan va “Barselona”ning bo‘lajak o‘yinlarida ishtirok etishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Suares joriy yilning iyul oyida, yangi mavsumga tayyorgarlik chog‘ida jarohat olgan edi.
Fikrlar