
"Barselona" himoyachisi yozda jamoadan ketmoqchi
Kataloniyaning "Barselona" klubi himoyachisi Yerri Mina yozda jamoasini o‘zgartirmoqchi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda bu borada klub rahbariyati ham 23 yoshli kolumbiyalik futbolchining istagini qondirmoqchi. “Ko‘k-anor ranglilar” Minani biror klubga ijaraga berib, uni shu tariqa Evropa futboliga ko‘niktirishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Mina qishki transferlar davrida Braziliyaning “Palmeyras” klubidan “Barselona”ga ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan vaqt mobaynida kataloniyaliklar safida jami 3ta o‘yinda ishtirok etdi holos.
Fikrlar