"Barselona"dan yozda keta olmagan Rafinya bunga qishda urunib ko‘rmoqchi

  • 02.09.2018 09:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Braziliyalik yarim himoyachi Rafinya Alkantaraning  "Barselona"dagi kelajagi hamon so‘roq ostida qolmoqda.

Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra yozda jamoadan ketishni uddalay olmagan 25 yoshli futbolchi ushbu ishga qishda yana bir bor urunib ko‘rmoqchi va o‘tgan mavsum ijarada o‘ynagan “Inter” safiga o‘tmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Rafinya  o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini “neradzurrilar” tarkibida o‘tkazgan bo‘lsada, milanliklar mavsum yakunlangach uni sotib olisholmagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!