
"Bavariya" 16 yoshli vunderkind oldi
Bundesliganing eng kuchli jamoasi "Bavariya" jamoasi kelajakda jamoa tarkibida muhim o‘rin tutadigan yosh futbolchilarni olib, ularni klub an’analari asosida tarbiyalashga ham doimiy e’tibor qaratadi.
Ana shu maqsadda "Bavariya" Frantsiya chempionatida ishtirok etayotgan "Metts" jamoasining 16 yoshli yarim himoyachisi Rayan Yoxansson bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi.
- Men yozdan boshlab "Bavariya" uchun maydonga tushishimdan xursandman, dedi lyuksumburglik Rayan Yoxansson.
Yoxansson yozga qadar "Metts"ning yoshlar jamoasi tarkibida o‘ynaydi.
Fikrlar