
"Bavariya" muxlislari uchun nohush xabar
Myunxenning “Bavariya” klubi hujumchisi Tomas Myuller Bundesliganing 9-turida bo‘lib o‘tgan “Gamburg”ga (1:0) qarshi bahsda jarohat oldi.
Ta’kidlash kerakki, 28 yoshli germaniyalik futbolchi o‘yinning 2-bo‘limida zahiradan maydonga tushirilgan edi, biroq, oradan 10 daqiqa o‘tar-o‘tmas sonida og‘riq his qila boshladi va maydonni tark etdi.
O‘yindan so‘ng o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar shuni ko‘rsatdiki, Myullerning sog‘ayishi uchun kamida 5-6 hafta talab etiladi.
Fikrlar