
“Bavariya”ning sobiq futbolchisi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi
Myunxenning “Bavariya” klubi va Xorvatiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Ivitsa Olich faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.
“Men butsalarimni mixga ilishga tayyorman. Bilishimcha, g‘urur bilan faoliyatimni yakunlashning vaqti keldi”, – deb izoh berdi Olich.
Ma’lumot uchun, Olich faoliyati davomida «Marsoniya», «Gerta», «Zagreb», «Dinamo Zagreb», «Gamburg», «Volfsburg», «TsSKA» kabi jamoalarda o‘ynagan. Uning so‘nggi klubi esa “Myunxen-1860” bo‘ldi.
Xorvatiya terma jamoasida esa 104 o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol kiritishning uddasidan chiqqan. Olich 3 ta JCh va ikki bor Evropa chempionatida ishtirok etgan.
Fikrlar