Bekxem va Neymar "Formula-1" chempionini tabrikladi

  • 30 oktabr, 2017, 13:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Devid Bekxem o‘zining Instagram sahifasida hamyurti Lyuis Xemiltonni "Formula-1" chempionatidagi g‘alabasi bilan qutladi. Eslatib o‘tamiz, "Mersedes" jamoasi piloti "Meksika Gran-pri"sida to‘qqizinchi bo‘lib marraga etib kelgan, ammo muddatidan oldin titulni qo‘lga kiritdi. Bu uning faoliyatidagi 4-chempionligidir.

Tecno

U yoshligidan haqiqiy chempion. Men buni bilardim, – deb yozadi Bekxem. – Bu juda qiyin ish va mashaqqat talab qiladi. Chempionlik bilan yana bir marta tabriklayman.

Shuningdek, PSJ hujumchisi Neymar ham sportchini qutlagan.

Ey, Lyuis! Bu Neymar. Men jahon chempioni bo‘lganingdan xursandman. G‘olib! —deydi braziliyalik futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!