Bekzod Abdurahmonov bronza medaliga juda yaqin

CHERY AUTO

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida davom etayotgan sport kurashlari bo‘yicha Jahon chempionati bahslari o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda.

Musobaqaning erkin kurash yo‘nalishi bellashuvlarining -74 kg vazn toifasida hamyurtimiz Bekzod Abdurahmonov bronza medali uchun o‘tkazilgan qo‘shimcha saralashning ikkinchi bosqichida ozarbayjonlik Abubakr Abakarovga qarshi gilamga ko‘tarildi.

Hamyurtimizning to‘la ustunligida o‘tgan bellashuvda 7:0 hisobi qayd etildi. Endi polvonimiz hal qiluvchi bahsda turkiyalik Soner demirtas to‘sig‘ini engishi lozim bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!