Benzema Messi va Raulga tenglashib oldi

  • 24.10.2018 09:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" klubi hujumchisi Karim Benzema kecha UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining 3-turida "Viktoriya Plzen"ga (2:1) qarshi bahsda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

E’tiborlisi, 30 yoshli frantsiyalik forvard EChLda qatorasiga 14-mavsumda ham raqib darvozasini ishg‘ol etishni uddaladi va bu ko‘rsatgich borasida “Barselona” hujumchisi Lionel Messi hamda “qirollik klubi”ning sobiq hujumchisi Raul Gonzaleslarga tenglashib oldi.

Ma’lumot uchun, Benzemaning Chempionlar ligasidagi umumiy gollari soni 57taga etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!