
Benzema Peresdan o‘zining transfer narxini kamaytirishni so‘ramoqda
Madridning "Real" klubi forvardi Karim Benzema prezident Florentino Peresdan o‘zining transfer bahosini kamaytirishni so‘ramoqda.
Xabarlarga qaraganda 30 yoshli frantsiyalik futbolchiga qiziqish bildirayotgan hech bir klub uning uchun “qirollik klubi” talab qilayotgan 80 mln evroni to‘lamoqchi emas. Ammo Benzema imkon qadar tezroq "Santyago Bernabeu"dan ketmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel Benzemani o‘z jamoasida ko‘rmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar