Benzema ikki hafta maydonga tusha olmaydi

  • 16.01.2019 20:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" klubi forvardi Karim Benzema jarohati sabab 2 hafta maydonga tusha olmaydi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 31 yoshli frantsiyalik futbolchi 19 yanvar kuni La Liganing 20-turi doirasidan o‘rin olgan “Sevilya”ga qarshi o‘yinda ishtirok etgach, jarrohlik amaliyotini o‘tkazmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Benzema chempionatning o‘tgan turida “Betis”ga (2:1) qarshi o‘yinda barmog‘ini sindirib olgan edi.

Ma’lumot uchun, Karim Benzema joriy mavsum “Real” safida jami 30ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 12ta gol va 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!