
Beshavqat futbol yoki futbolchi dahshatli jarohatga mubtalo bo‘ldi
Evropaning bir necha klublari e’tiboriga tushgan “Nitstsa” yarim himoyachisi Vilan Siprien endi futbol maydoniga qaytaolmasligi mumkin.
Frantsiya chempionatining navbatdagi turida “Kan”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuv 22 yoshli iste’dod egasi uchun ayanchli yakunlandi.
Uchrashuvning 57-daqiqasida raqib futbolchisi bilan to‘p uchun kurashda yuqoriga sakragan futbolchi erga noqulay tushdi va tizzasi sinib ketdi. Uni shifokorlar darhol kasalxonaga olib ketishdi.
Joriy mavsumda Siprien “Nitstsa” tarkibida barcha turnirlarda 34 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urishga erishgandi.
Fikrlar