
Beyl 100 kun o‘tib La Ligada yana gol kiritdi
Ispaniya La Ligasi 15-turi doirasida Madridning "Real" klubi safarda "Ueska"ni mag‘lub etdi. Uchrashuvdagi yagona gol 8-daqiqada Garet Beyl tomonidan kiritildi.
Shu tariqa, uelslik futbolchining Ispaniya chempionatidagi golsiz seriyasi yakuniga etdi. Mazkur seriya roppa-rosa 100 kun davom etdi, aniqrog‘i 802 daqiqani tashkil etdi.
Fikrlar