
Beyl kelajagi haqida bir qarorga keldi
"Real Madrid" klubi yarim himoyachisi Beyl Madridda qolishga qaror qildi.
The Telegraph nashrining xabar berishicha, dushanba kuni xavbek jamoa bosh murabbiyi Xulen Lopetegi bilan kelajagi haqida suhbatlashgan.
Ispaniyalik mutaxassis Krishtianu Ronalduning "Yuventus"ga ketganidan so‘ng, Beylni jamoadagi roli oshishi haqida o‘z fikrini bildirgan. Lopetegi uelslik futbolchining muxlisi ekanligini va yangi mavsumda unga maydonda ko‘proq o‘yin amaliyotini berilishini va’da bergan.
Fikrlar