Rashid G‘ofurov: "Kamoliddin Tojiev tavakkal qilishni istamadi"

  • 14.05.2026 00:13
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston Kubogi doirasidagi “Paxtakor” – “Yaipan” (4:1) oʻrtasidagi uchrashuvdan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Rashid G‘ofurov matbuot anjumanida qatnashdi.

- Avvalambor, “Paxtakor”ni g‘alaba bilan tabriklayman. “Paxtakor” oʻz nomi bilan “Paxtakor”. Klubni bir nechta futbolchilari terma jamoaga ketganini bilardik. Lekin “Paxtakor” har doim oldiga oliy maqsad qo‘ygan, chempionlik uchun kurashadigan jamoa. Shu bois zahira oʻrindig‘i ham kuchsizlanib qolmaydi. Zahirasida oʻtirgan oʻyinchilari bemalol Superligani boshqa klublarida asosiy tarkiblarida oʻynay oladilar. Bu yana bir bor isbotini koʻrsatdi. Bizni futbolchilar boshqacha atmosferaga tushib qolishdi. “Paxtakor” maydonida oʻynash, bosim...Oxirgi 15-20 daqiqa davomida koʻrsatgan oʻynini boshidan miyasiga singdirishganida har qanday jamoa bilan oʻynasa boʻladi. Ammo boshida gol oʻtkazib yubormaslik maqsadida oʻynab, keyin xatolar olib kelishdi. “Paxtakor”ni juda yaxshi jamoaligini koʻrib turibmiz. Bugun yana bir bor isbotlashdi. Birgina bizga qarshi emas, Superligada ham oʻynaganida albatta g‘alaba qozonadi. Oʻyin uslubi bor jamoa.

- “Paxtakor” oʻzida qolgan tarkibdan eng kuchlisini maydonga tashladi. Bunga nima deysiz?

- Toʻg‘ri, kutgandim. Sababi, undan oldin “G‘azalkent” “Dinamo” bilan oʻynadi. “Lochin” “Lokomotiv” bilan bellashdi. Superliga klublarini qiyinchilik bilan yutgani yo durang oʻynagani va shuningdek, mag‘lubiyatlarga uchraganlari bor-da. Shuni inobatga olib, Kamoliddin Tojiev tavakkal qilishni istamadi. Oldiga qo‘yilgan vazifani boshidan boshlab maqsad qildi, oxirigacha olib bordi. Yoshlarni qo‘yib, keyin nimadir boʻlgandan koʻra, boshidan natija uchun oʻynagan yaxshi. Boshidan tarkibini koʻrdim, kurashuvchan tarkib edi.

- Jamoaga guruhdan chiqish vazifasi qo‘yilganmi?

- Biz uchun 100 foiz guruhdan chiqish vazifasi qo‘yilgani yo‘q. Biroq yigitlar oʻzlari qanchalik yaxshi oʻynab g‘alabalar qozonsa, oʻz-o‘zidan guruhdan chiqish maqsadi boʻladi. Ammo rahbariyat tomonidan Kubokda iloji boricha teparoqka borish maqsadi yo‘q. Futbolchilar oʻzi uchun maqsad qo‘ygan. “Paxtakor”, “Surxon” va “Kattaqo‘rg‘on” bor boʻlgan bu guruh eng kuchlisi boʻlib qoldi. “Kattaqo‘rg‘on” pro liga vakili va maqsadi bor jamoa. “Surxon” muammolarga duch kelgan taqdirda ham baribir Superliga degan nomi bor. Muammo maydondan tashqarida boʻladi. Maydonda esa barcha muammolar esdan chiqib ketadi. Guruhdagi nozikro‘g‘i bismiz-da. Bunday oʻyinlar futbolchilarimizga katta motivatsiya va katta tajriba boʻladi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!