Beyl kutilganidan ko‘proq davolanadi
Madridning "Real" klubi vingeri Garet Beyl "Vilyarreal"ga (2:2) qarshi La Liganing 17-tur qoldirilgan bahsida son mushaklaridan jarohat olgan edi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 29 yoshl uelslik futbolchi taxminan bir oy maydonga tusha olmaydi. Qayd etish lozimki, bundan avvalroq shifokorlar uni 2 haftada safga qaytishi haqida xabar berishgan edi.
E’tiborlisi, bu Beylning “qirollik klubi”ga kelganidan buyon, aniqrog‘i 4,5 yil ichidagi naqd 22-marta jarohat olishi bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Beyl joriy mavsum “Real” safida jami 23ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 10ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar