Bilasizmi, Konfederatsiyalar kubogi Rossiyaning qaysi shaharlarida va qachon bo‘lib o‘tadi?
FIFA matbuot xizmatining ma’lum qilishicha Konfederatsiyalar kubogi – 2017 reglamenti 9-10 yanvar kunlari Shveytsariyaning Tsyurix shahrida bo‘lib o‘tadigan tashkilotning navbatdagi yig‘ilishida tasdiqlanadi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida 2026 yilgi Jahon chempionati formatini o‘zgartirish masalasi ham ko‘rib chiqiladi.
Eslatib o‘tamiz, Konfederatsiyalar kubogi joriy yilning 17 iyundan 2 iyuliga qadar Rossiya federatsiyasining Moskva, Sankt-Peterburg, Sochi va Qozon shaharlarida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar