Bilasizmi? AGMK "Nasaf" maydonida faqat bir marta g‘alaba qozongan

  • 22.11.2018 11:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superliganing 31-turida “Nasaf” Olmaliqning “AGMK” jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv 25 noyabr yakshanba kuni “Markaziy” stadionida soat 15:00da boshlanadi.

Ushbu 31-turda yana “Qizilqum” – “Neftchi” va “Qo‘qon-1912” – “So‘g‘diyona” jamoalari o‘zaro kuch sinashadi. Bu uchrashuvlar 24 noyabr shanba kuni bo‘lib o‘tadi.

O‘zaro uchrashuvlarga oid faktlar

“Nasaf” va “AGMK” jamoalari shu paytgacha milliy chempionatimizda o‘zaro 23 marta kuch sinashgan. Bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarning 12tasida “Nasaf” zafar quchgan, 3 uchrashuvda olmaliqlik futbolchilar g‘alabaga erishishgan, yana 8 o‘yinda durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbati quyidagicha ko‘rinish olgan – 34:19. Ustunlik “Nasaf” tomonida. Shu yili Olmaliqda bo‘lgan o‘zaro, so‘nggi uchrashuvda “ajdarlar” 2:0 hisobida g‘alabaga erishgan edi.

Qarshidagi o‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Qarshida bo‘lib o‘tgan 11ta o‘yindan 8tasida “Nasaf” g‘alaba qozongan. 2 uchrashuvda bir xil 2:2 durang hisobi qayd etilgan. Faqat bir uchrashuvda, shu yili 28 iyulda Qarshidagi o‘zaro uchrashuvda “AGMK” 2:0 hisobidagi tarixiy g‘alabaga erishgan. Qarshida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda mazkur jamoalar o‘rtasida eng yirik 4:0 hisobi, 2010 yili qayd etilgan. Bu uchrashuvda Ilhom Shomurodov xet-trik muallifi bo‘lgan. Kenja To‘raev esa bitta gol kiritgan.

Qarshida bo‘lib o‘tgan o‘zaro uchrashuvlar

28.07.2018. “Nasaf” – “AGMK” 0:2

08.09.2017. “Nasaf” – “Olmaliq” 1:0

08.08.2016. “Nasaf” - “Olmaliq” 2:1

08.08.2015. “Nasaf” - “Olmaliq” 2:0

07.11.2014. “Nasaf” - “Olmaliq” 2:2

02.03.2013. “Nasaf” - “Olmaliq” 2:2

01.07.2012. “Nasaf” – “Olmaliq” 4:2

20.03.2011. “Nasaf” – “Olmaliq” 2:1

26.08.2010. “Nasaf” – “Olmaliq” 4:0

07.08.2009. “Nasaf” – “Olmaliq” 2:1

10.05.2008. “Nasaf” – “OTMK” 1:0

Qarshidagi o‘zaro uchrashuvlarda darvozalarga jami 33ta to‘p kiritilgan. To‘plar nisbati bo‘yicha ham ustunlik “Nasaf” tomonida 22-11.

Jamoalarning turnir jadvalidagi holati

Bo‘lajak turgacha “Nasaf” 30 ochko jamg‘arib, quyi oltilikda birinchi o‘rinni egallab turibdi. “AGMK” jamoasi esa 23 jamg‘arib, to‘rtinchi pog‘onada bormoqda.

Jamoalar to‘purarlari

Ayni paytda to‘purarlar bo‘yicha "Nasaf"da Bobir Abduxoliqov karvonboshilik qilmoqda. U hozirgacha 12ta gol kiritgan. “AGMK” jamoasining to‘purari serbiyalik yarim himoyachisi Yovan Jokich hisoblanadi. Uning hisobida 9ta gol bor, ularning 7tasini penaltidan kiritgan.

Mazkur jamoalarning yoshlari o‘rtasidagi uchrashuv, 24 noyabr shanba kuni bo‘lib o‘tadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!