
Bilasizmi? Angliya ketma-ket 4-marta yirik turnirlar yarim finalida mag‘lub bo‘ldi
Xabaringiz bor kecha Moskvadagi “Lujniki” stadionida Xorvatiya hamda Angliya terma jamoalari o‘rtasida JCh-2018ning yarim final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda garchi xorvatiyaliklar o‘yinda birinchi bo‘lib o‘z darvozasidan to‘p olib chiqqan bo‘lsada, yakunda 2ta gol urib g‘alabani o‘z tomonisha og‘dirib olishdi.
E’tiborlisi, shu kuni mag‘lub bo‘lgan Angliya o‘zi ishtirok etgan ketma-ket 4ta yirik musobaqaning yarim finalida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Eslatib o‘tish lozimki, inglizlar bundan avval 1968 yil bo‘lib o‘tgan Evropa chempionatida sobiq Yugoslaviyaga, 1990 yilgi jahon chempionatida Germaniyaga va 1996 yil qit’a birinchiligida yana Germaniyaga yarim finallarda yutqazib qo‘yishgan.
Fikrlar