Bilasizmi? Ermatov boshqargan Osiyo kubogi finalida Yaponiya g‘alaba qozongan

  • 30.01.2019 14:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Avval xabar berganimizdek 1 fevral kuni Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabi shahridagi “Shayx Zayid” stadionida Yaponiya va Qatar terma jamoalari o‘rtasida Osiyo kubogining final uchrashuvini hamyurtimiz Ravshan Ermatov boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Ta’kidlash kerakki 41 yoshli hakamimiz uchun bu qit’a kubogidagi birinchi final emas. U 2011 yil Qatarda bo‘lib o‘tgan Osiyo kubogi finalida ham ishlagan edi. O‘shanda ham Yaponiya finalda ishtirok etgandi. Kunchiqar yurt vakillarining o‘sha finaldagi raqibi Avstraliya terma jamoasi edi.

O‘yinning asosiy bo‘limlari durang bilan yakunlangach Ermatov qo‘shimcha taymlarga murojaat qilgan edi. Qo‘shimcha bo‘limlarning 108-daqiqasi o‘tib borayotgan bir paytda yaponiyalik Yuto Nagatomo avstraliyaliklar darvozasini ishg‘ol etib jamoasiga g‘oliblikni taqdim etgan edi.

Yaponlar bu safar ham finalda va bu safar ham ular ishtirokidagi o‘yinni Ravshan Ermatov boshqaradi. Bu safar ham ular g‘olib bo‘lib ushbu an’anani davom ettirishadimi yoki yo‘q buni 1 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanaligan o‘yindan so‘ng bilib olamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!