
Rasman! Osiyo kubogi finalini Ravshan Ermatov boshqaradi
Xabaringiz bor 1 fevral kuni Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabi shahridagi “Shayx Zayid” stadionida Yaponiya va Qatar terma jamoalari o‘rtasida Osiyo kubogining final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
E’tiborlisi, musobaqaning hal qiluvchi bahsi Ravshan Ermatov boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar brigadasiga ishonib topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, 41 yoshli hakamimiz uchun bu qit’a kubogidagi birinchi final emas. U 2011 yil Qatarda bo‘lib o‘tgan Osiyo kubogi finalida ham ishlagan edi.
01.02.2019. Osiyo Kubogi final.
Yaponiya - Qatar
Bosh hakam: Ravshan Ermatov (O‘zbekiston)
Qanot hakamlari: Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov (ikkalasi ham O‘zbekiston)
Zaxira hakami: Ma Ning (Xitoy)
VAR hakam: Paolo Valeri (Italiya)
VAR hakam yordamchilari: Muhammadd Taqi Bin Jahari (Singapur) va Kristofer Bit (Avstraliya)
Fikrlar