Bilasizmi? Grizmann Simeonega o‘z kelajagi haqida bir necha oy oldin aytgan
Madridning "Atletiko" klubi forvardi Antuan Grizmann o‘zining kelajak faoliyatini qaerda davom ettirishi haqida jamoa bosh murabbiyi Diego Simeoneni bir necha oy oldin ogohlantirgan. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi nashrning yozishicha frantsiyalik futbolchi ustoziga o‘tgan yilning dekabridayoq yozda “Barselona”ga o‘tishini aytgan. Aytish lozimki Grizmanning bu qarori haqida nafaqat Simeone, balki keyinchalik klub rahbariyati va futbolchilari ham xabar topishgan.
Ma’lumot uchun, Grizmann joriy mavsum La Ligada jami 30ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 19ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar