Bilasizmi? Kroos 2014 yil MYuga o‘tishga rozi bo‘lgan, ammo...

  • 26 noyabr, 2018, 18:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi sobiq bosh murabbiyi Devid Moyes 2014 yilda "Real" yarim himoyachisi Toni Kroosni “Old Trafford”ga olib kelmoqchi bo‘lgan. Eslatib o‘tish lozimki, Kroos o‘sha paytda “Bavariya” a’zosi hisoblanardi.

“Kroos “Manchester Yunayted”ga o‘tishga rozilik bildirgan edi. Biz hammasini kelishib olgandik. Biz u va uning xotini bilan uchrashganmiz va gaplashganmiz”, - deydi Moyes.

Biroq, yakunda Kroos 25 mln evro evaziga “Real” Madridga ko‘chib o‘tdi. U joriy mavsum “qirollik klubi” safida jami 16ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!