
Bilasizmi? Modrich JCh-2018da jami 16ta golli vaziyat yaratgan
Xorvatiya terma jamoasi sardori Luka Modrich ayni damda Rossiya yashil maydonlarida bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida qancha golli vaziyat yaratgani hisoblab chiqildi.
Opta statistik nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 32 yoshli yarim himoyachi umumiy hisobda hozircha 16 marta sheriklarini golli vaziyatga olib chiqqan.
Jamoaning yana bir etakchi yarim himoyachisi Ivan Rakitich esa 8ta golli vaziyat yaratishda bevosita ishtirok etgan.
Ma’lumot uchun, Modrich JCh-2018da jami 6ta bahsda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 1ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar