
Bilasizmi? "Paxtakor" o‘z tarixida uchinchi marta kubok finalida mag‘lub bo‘ldi
Billur sovrin uchun AGMK hamda "Paxtakor" jamoalari o‘zaro kurash olib borishdi. Farg‘onadagi "Istiqlol" stadionida kechgan bellashuvda olmaliqliklar 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi va bosh sovringa ega chiqishdi.
Bu "sherlar" tarixida kubok finalidagi uchinchi mag‘lubiyat bo‘ldi. Toshkentliklar 1996 yilgi kubok finalida "Neftchi"ga penaltilar seriyasiga ko‘ra (5:4) mag‘lub bo‘lgan edi.
2008 yilda esa "Bunyodkor" hal qiluvchi bahsda "Paxtakor"dan 3:1 hisobila ustun kelgan.
Ma’lumot uchun, "Paxtakor" hozirga qadar 11 marta kubok sohibi bo‘lgan. AGMK uchun esa bu birinchisi bo‘ldi.
Fikrlar