Bilasizmi? "Sautgempton" so‘nggi 10 yil ichida bor yo‘g‘i 14ta futbolchi sotib, 300 mln funt daromad ko‘rdi

  • 29 dekabr, 2017, 09:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning “Sautgempton” klubi so‘nggi 10 yil ichida jami 300 mln funtlik futbolchi sotishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu jamoa kuni kecha Virgil van Deykni 75 mln funt evaziga “Liverpul”ga sotgan edi. Mersisaydliklar shuningdek ushbu jamoadan Nataniel Klayn (12,5 mln funt), Deyan Lovren (20 mln), Adam Lallana (25 mln) va Sado Mane (34 mln) kabi futbolchilarni harid qilishgan.

Aytish lozimki, Londonning “Tottenxem” klubi “Sautgempton” futbolchilarining asosiy haridorlaridan biri sanaladi. “Shporlar” bundan avvalroq Garet Beyl (10 mln), Tobi Alderveyreld (11,5 mln), Viktor Vanyama (11 mln) va Paulo Gassanig (1 mln) kabi futbolchilarni o‘z saflariga qo‘shib olishgan edi.

Shuningdek “Manchester Yunayted” Lyuk Shou (25 mln) va Morgan Shnayderlinlarni ham aynan “Sautgempton”dan harid qilgan.

“Arsenal” esa Teo Uolkott, Aleks Oksleyd-Chemberlen va Kelum Chembers kabi futbolchilar uchun “Sautgempton”ga umumiy hisobda 43 mln funt to‘lagan.

Ma’lumot uchun, “Sautgempton” so‘nggi 10 yilda bor yo‘g‘i 14ta futbolchi sotgan holos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!