Bilasizmi? Varan Frantsiya terma jamoasidagi gollarining barchasini bosh bilan urmoqda
Ayni damda Nijniy Novgorodda JCh-2018ning chorak finalidan o‘rin olgan Urugvay – Frantsiya bahsida Rafael Varan gol urib frantsiyaliklarni oldinga olib chiqdi.
Ta’kidlash kerakki, u Antuan Grizmanning jarima zarbasidan havolatib oshirgan to‘pini boshi bilan Urugvay terma jamoasi darvozasiga aniq yo‘lladi.
Bu bilan Varan o‘zining Frantsiya terma jamoasi safidagi gollari sonini 3taga etkazib oldi. E’tiborlisi futbolchi ularning barchasini boshi bilan kiritgan.
Fikrlar