Bilich: Iste’fo? Buni rahbariyat hal qiladi

  • 21 oktabr, 2017, 13:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Vest Xem” klubi bosh murabbiyi Slaven Bilich kecha premer-liganing 9-turida “Brayton”dan (0:3) uchralgan yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Futbolchilar bor kuchlarini berib harakat qilishdi, lekin bu kamlik qildi. Men ushbu mag‘lubiyat uchun muxlislardan uzr so‘rayman. Ular hammadan ko‘p harakat qilishdi. Ochko olish mumkin bo‘lgan jamoaga o‘z uyimizda 0:3 hisobida yutqazishimiz daxshatli.

Iste’fo? Men xotirjamman. Jamoaning ko‘rsatayotgan natijalari uchun barcha aybni o‘z zimmamga olaman. Yakuniy qarorni esa rahbariyat qabul qiladi”, - deydi Bilich.

Eslatib o‘tamiz, “Vest Xem” ayni damda musobaqa jadvalining 17-pog‘onasida bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!