Bodibildingchilarimiz munosib rag‘batlantiriladi
Bugun, 4 sentyabr kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida yurtimiz dovrug‘ini yuksaklarga ko‘tarayotgan bir qator bodibildingchilarimiz mehmon bo‘lishdi. Ular bilan MOQ Prezidenti Umid Ahmadjonov va Bosh kotib Jasur Matchanovlar uchrashishdi.
Uchrashuvda ikki karra jahon chempioni, «Arnold Klassik-2018» musobaqasi g‘olibi Mixail Volinkin, jahon chempioni, Evropa chempionatida mutloq g‘oliblikka erishgan Aleksandr Saxarov, ayollar o‘rtasida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Bogatir Lyudmilalar ishtirok etishdi.
«Siz bizning fahrimizsiz», – deb so‘z boshladi MOQ rahbari. «Milliy olimpiya qo‘mitasi sizlarni qo‘llab-quvvatlashga doimo tayyor. Musobaqalar sonini ko‘paytirib, bodibildingni yanada rivojlantiramiz. Yurtimiz bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tarayotganingiz uchun sizlarga minnatdorchilik bildiramiz», – dedi Umid Ahmadjonov.
O‘z navbatida sportchilar ko‘rsatilayotgan e’tibordan mamnun ekanligini, bildirilayotgan ishonchni oqlashlarini ma’lum qilishdi.
Uchrashuv yakunida Umid Ahmadjonov sportchilarga esdalik sovg‘alarini topshirdi. So‘ngra ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida har bir sportchi uchun 5 000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti taqdim etilishini aytib o‘tdi.
Fikrlar