
Boks, shaxmat, erkin va yunon-rum kurashi, gandbol, voleybol... (foto)
Avval xabar berganimizdek, poytaxtimizda “Toshkent shahar spartakiadasi” bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqalarda 2000 nafardan oshiq sportchi-yoshlar ishtirok etayotir. Ayni kungacha sportning basketbol, badiiy gimnastika, sport gimnastikasi, taekvondo (WTF), qilichbozlik, engil atletika, voleybol, kurash, stol tennisi, karate (WKF), gandbol, suzish, boks, shaxmat, erkin kurash, yunon-rum kurashi turlari bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Unga ko‘ra, Mirobod tumani yosh sportchilari 197 ball jamg‘argan holda shahar spartakiadasida karvonboshilik qilmoqda. Keyingi o‘rinlarni Chilonzor (138 ball) hamda Olmazor (132 ball) tumani yoshlari egallashgan.
Badminton va dzyudo sport turlari spartakiadaga yakun yasaydi.
Fikrlar