
Boks: Iqboljon Xoldorov Osiyo o‘yinlari oltin medali sohibi
Osiyo o‘yinlarining bugungi kun dasturidan o‘rin olgan boks bahslarining yana bir final bahsi o‘z yakuniga etdi.
-64 kg vazn toifasidagi sportchilari o‘rtasida o‘tkazilgan bahsda hamyurtimiz Iqboljon Xoldorov mo‘g‘ulistonlik Chinzorig Baatarsuxga qarshi ringga ko‘tarildi.
Qiziqarli kechgan jang esa hamyurtimizning vakilining foydasiga hal bo‘ldi. Shu bilan Iqboljon terma jamoamiz hisobiga umumiy 18-oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.
Fikrlar