
Boks. Qozog‘istonlik murabbiy mag‘lubiyatlarda hakamlarni aybladi
"Bizning bokschilarimiz yaxshi ishtirok etishlari mumkin edi. Biz yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan edik, ammo bir qator yoqimsiz vaziyatlar tufayli natijamiz past bo‘ldi. Bokschilarimiz yaxshi jang qilmadi deyish noto‘g‘ri bo‘ladi.
Bizda 5 ta medal qo‘lga kiritish uchun imkoniyat bor edi. Ulardan uchtasini yarim finalga chiqa olishmadi, ulardan g‘alabani tortib olishdi.
Finalda Omonqul va Shimbergenovlar yaxshi jang o‘tkazishdi. Hozir boksda g‘alaba qozonish juda qiyin. Ayniqsa, hakamlar shunday bosim qilib turganda", - deb Aytjanovning so‘zlarini keltirib o‘tdi Sports.kz.
Fikrlar