
Bokschilarimizni qo‘llab-quvvatlang va ularga ovoz bering!
Osiyo boks Konfederatsiyasi yilning eng yaxshilarini aniqlash borasida so‘rovnomda o‘tkazmoqda. Jumladan yilning eng yaxshi bokschi bo‘lish uchun Shahram G‘iyosov, Hasanboy Do‘smatov va Jasurbek Latipovlar nomzodlar qatorida e’tirof etilishdi.
Bundan tashqari Rajabboy Otanazarov (eng yaxshi yosh bokschi 75 kg), Javlonbek Yo‘ldashev (o‘smirlar o‘rtasidagi eng yaxshi bokschi, 75 kg), Isroil Madrimov, Abdulxay Shoraxmatov (WSB toifasidagi eng yaxshi bokschilar, 75 va 56 kg), Iqboljon Xoldorov, Sanjar Tursunov (yil kashfiyoti, 64 va 91 kg), Hamid Tangriberganov (yilning eng yaxshi murabbiyi), Aleksandr Hamidov (Yilning eng yaxshi referisi), O‘zbekiston boks Federatsiyasi, (yilning eng yaxshi boks federatsiyasi) kabi vakillarimiz ham turli nominatsiyalarda nomzodlar qatoridan joy olishdi.
Ularni qo‘llab-quvvatlang va ovoz bering.
Fikrlar