Boku-2017: Niyoz Po‘latov oltin medalga tobora yaqinlashmoqda

CHERY AUTO

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o‘tkazilayotgan Islom birdamlik o‘yinlarining taekvondo  bahslari o‘zining ayni qizg‘in pallasiga yaqinlashmoqda.

Tecno

Musobaqaning erkaklar o‘rtasidagi -58 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Niyoz Po‘latov ozarbayjonlik va turkiyalik raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Endi hamyurtimiz  final bosqichiga chiqish uchun tunislik Xudi Neffati qarshiligini engib o‘tishi lozim bo‘ladi. Qayd etish joiz, ushbu janglar kechki payt bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!