Bolgariyada murabbiy hakam oldida tiz cho‘kdi (video)
Bolgariya chempionati 18-turidan o‘rin olgan Sofiyaning TsSKA va Razgradning "Ludogorets" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin vaqtida qiziq bir vaziyat sodir bo‘ldi.
Uchrashuvning 90-daqiqasida, hisob 1:1 bo‘lib turgan vaqtda hakam mehmon jamoa futbolchisi Sisinoni maydondan chetlatdi va asosiy vaqtga ikki daqiqa qo‘shib berdi.
"Armiyachilar" ustozi Nestor el Maestro ikki daqiqa kam ekanligini va ko‘proq vaqt qo‘shishni hakamdan o‘tinib so‘radi, ammo hakam o‘z qarorin o‘zgartirmadi va uchrashuv 1:1 hisobi bilan yakunlandi.

Fikrlar