Bolt hamon to‘xtamoqchi emas

CHERY AUTO

Engil atletika bo‘yicha 8 karra Olimpiada chempioni Useyn Bolt, sog‘lig‘idagi muammolarga qaramasdan, Londonda o‘tkazilayotgan Jahon chempionatining estafeta bahslarida ishtirok etishini ma’lum qildi.

Tecno

– Ko‘ramiz, hammasi qanday kecharkin. Biz hali yigitlar bilan estafeta tayyoqchasini bir-birimizga topshirganimiz yo‘q, ammo ishonchim komilki, biz tayyormiz. Men hali yosh sprinterlarimiz bilan gaplashganimcha yo‘q, biroq men estafetada yugurishdan har doim xursandman. Ko‘ramiz, yigitlar qanchalik tayyor ekan va biz nimani ko‘rsata olamiz.

Jismoniy hammasi joyida, biroz og‘riq bor. Bu kabi muammolarni massaj orqali hal qilish mumkin. Men bu erda ekanligimdan baxtliman va estafetani sabrsizlik bilan kutayapman, – deydi sportchi Britaniya nashrlariga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!