Bonuchchi faoliyatini qaerda davom ettiradi?
"Milan" himoyachisi Leonardo Bonuchchi bir qator Evropa grandlarining qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda TuttoMercatoWeb nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra 31 yoshli italiyalik himoyachiga PSJ hamda bir qator APL klublari da’vogarlik qilishmoqda. Bonuchchining agenti Alessandro Luchchi ham tez orada “rossonerilar” rahbariyati bilan uchrashib mijozining “San Siro”dan ketishi masalasini muhokarma qilmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq UEFA “Milan”ni ikki mavsumga evrokuboklardan diskvalifikatsiya qilgan edi.

Fikrlar