"Borussiya" Dortmund Pulishichni kamida mavsum oxirigacha o‘z safida olib qoladi
Dortmundning "Borussiya" klubi o‘zining jamoaning iqtidorli yarim himoyachisi Kristian Pulishichni qishki transferlar davrida sotmaydi.
“Pulishichning atrofidagi mish-mishlar birinchi marta kuzatilmayapti. Ammo, biz uni kamida mavsum oxirigacha o‘z safimizda olib qolishni rejalashtiryapmiz”, - deydi dortmundliklar sport direktori Mixaelya Tsork.
Eslatib o‘tamiz, 20 yoshli AQShlik futbolchi uchun asosiy da’vogar Londonning “Chelsi” klubi hisoblanadi. Ma’lumotlarga qaraganda “aristokratlar” uni qishki transferlar davridayoq sotib olishga urunib ko‘rishmoqchi.
Ma’lumot uchun, Pulishich “Borussiya” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 109ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 15ta gol hamda 24ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar