
"Borussiya Dortmund" sobiq futbolchisining o‘qishi uchun pul ajratadigan bo‘ldi
Dortmundning “Borussiya” klubi rahbariyati klub o‘rinbosarlar jamoasining sobiq a’zosi Dario Skuderiga yordam beradigan bo‘ldi. Ushbu futbolchi o‘tgan yili 14 sentyabrda yoshlar o‘rtasidagi EChLda “Legiya”ga qarshi bahsda oyog‘ini sindirib olgan edi.
Natijada 19 yoshli futbolchi faoliyatini yakunlashga majbur bo‘lgan edi.
Nemis OAVda yozishlaricha, “Borussiya” Skuderining ta’lim olishida yordam beradigan bo‘ldi. Ilgariroq, sobiq futbolchi sport menejmenti sohasida ta’lim olishi uchun klubdan kredit olishda yordam so‘rab, murojaat etgan edi.
Biroq dortmundliklar barcha moliyaviy masalalarni o‘z hisoblaridan to‘lashlarga qaror qilishgan.
Fikrlar