
"Borussiya" futbolchisi Bundesligada 3-o‘rinda
Myunxengladbaxning “Borussiya” klubi hujumchisi Raffael Germaniya Bundesligasi 17-turidan o‘rin olgan “Gamburg”ga qarshi bahsda dublga erishdi.
Shu tariqa, 32 yoshli futbolchining Bundesligada kiritgan gollari soni 72 taga etdi va u braziliyaliklar orasida eng yaxshi 3-to‘purar bo‘lib oldi.
Birinchi o‘rinda Jovane Elber (133) va Ailton (106)lar borishmoqda. Bu mavsum Raffael Bundesligada 16 bahsda ishtirok etdi va 6 ta gol kiritishga erishdi.
Fikrlar