Braziliya termasining 40 yillik g‘alabali seriyasi barham topdi
Braziliya va Shveytsariya termalari jahon chempionati ilk uchrashuvida o‘zaro to‘qnash kelishdi. “Rostov Arena” o‘tgan qarama-qarshilikda 1:1 hisobi qayd etildi.
Shunday qilib, “pentakampionlar” 1978 yildan beri ilk marta mundialni g‘alabasiz boshladi. So‘nggi marta ular Argentinada o‘tgan jahon birinchiligida Shvetsiya (1:1) bilan durang o‘ynagan. O‘sha mundialda Braziliya uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan.
Braziliya terma jamoasi guruhdagi ikkinchi uchrashuvda 22 iyun kuni Kosta-Rika termasi bilan Sankt-Peterburgda, Shveytsariya o‘sha kuni Serbiya bilan Kaliningradda o‘ynaydi.

Fikrlar