Braziliyada Argentina tennischilari zafar quchmoqda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Braziliyaning San-Paulo shahrida tennis bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 455 565 AQSh dollari bo‘lgan nufuzli musobaqa boshlandi.

 

Ushbu turnirning yakkalik bellashuvlarini argentinalik tennischilar g‘alaba bilan boshladi. Renso Olivo ispaniyalik Inigo Servantesni 7:6, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, Gido Pelya mezbonlar vakili Gilerme Klezardan 6:2, 6:3 hisobida ustun keldi.

Portugaliyalik Gastau Eliash ham braziliyalik Orlando Lusni 6:2, 7:5 hisobida engib musobaqadan chiqarib yubordi.

Bugun quyidagi tennischilar o‘zaro o‘ynaydi:

Karlos Berlok (Argentina, 8) — Tyago Monteyro (Braziliya)

Orasio Sebalos (Argentina) — Joau Olavo Souza (Braziliya, WC)

Fakundo Bagnis (Argentina) — Dushan Layovich (Serbiya)

Gerald Meltser (Avstriya) — Viktor Estrelya-Burgos (Dominikan Respublikasi)

Tomas Belluchchi (Braziliya) — Diego Shvartsman (Argentina, 6)

Akira Santillan (Yaponiya, WC) — Kasper Ruud (Norvegiya, SE)

Rojeriu Dutra da Silva (Braziliya) — Alessandro Djannessi (Italiya)

Federiko Delbonis (Argentina, 7) — Yozef Kovalik (Slovakiya)

Marko Chekkinato (Italiya) — Fabio Fonini (Italiya, 5)

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!