Britaniyalik bokschi professional ringdagi ilk jangidan so‘ng qaytib turmadi
Britaniyalik bokschi Kuba Mochik professional ringdagi ilk jangida og‘ir jarohat olib hayotdan ko‘z yumdi va yuragini boshqalarga yordam berish uchun “hadya qilgan”. Bu haqda “Evrosport” nashri ma’lum qilgan.
Asli kelib chiqishi polshalik bo‘lgan 22 yoshli britaniyalik bokschi uchinchi raundda nokautga uchragan va shundan so‘ng o‘ziga kelmadi. 19 noyabr kuni bokschining egizak opasi “Facebook”da sahifa ochib, ukasining davolanishi uchun pul yig‘moqchi bo‘lgan. Ikki kun o‘tib esa miyaga qon quyilishi sababli sportchi vafot etgan.
The Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, politsiya donorlik qilib, yuragini boshqalarga qoldirgan sportchining o‘limi yuzasidan tekshiruv ishlarini boshlab yuborgan.

Fikrlar