Buenos-Ayres 2018. Delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi medal qo‘shildi

TIGGO 2 PRO

Kecha taekvondochimiz Ulug‘bek Rashitov kumush medalni terma jamoamiz hisobiga qo‘shib qo‘ygandi.

Bugun esa dzyudochimiz Nilufar Ermagambetova sovrindorlar qatoridan o‘rin oldi. Hamyurtimiz ilk jangida panamalik raqibasini mag‘lubiyatga uchratdi. Yarim finalda esa mo‘g‘ulistonlik sportchiga imkoniyatni boy berdi. Bronza medali uchun kechgan jangda esa u Puerto-Riko vakilasi Seiri Kolonni mag‘lub etdi va sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasining o‘smirlar Olimpiya o‘yinlaridagi medallari soni ikkitaga etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!